Uylar «Qişloq quriliş invest» IK buyurtmasi asosida, şaharning Mirzo Uluğbek mahallasida qurilgan. Bu masala yuzasidan quruvçilar brigadasi boşliği Azizbek Ergaşev Kun.uz'ga murojaat qildi.

Azizbek Ergaşevning aytişiça, u va yana xorazmlik 11 nafar işçi «Asadtillo Biznes» MÇJlar rahbari Odamboy Qurbonboyev bilan oğzaki kelişuv asosida, Şirin şahridagi qurilişda 2 oy davomida işlagan.

«Şirin şahriga borganimizda uylar çala qurilgan holatda taşlab ketilgan edi. Biz kamçiliklarning hammasini töğriladik, uylarni yaşaşga tayyor holga keltirib, Odamboy Qurbonboyevga topşirdik. Bizga uylarning biri şahar hokimiga, boşqasi şahar prokuroriga va yana biri IIB boşliğiga tegişli ekani aytilgandi.

U yerda 2020 yil sentabr oyining oxirlaridan 17 noyabrga qadar işlaganmiz. Bu orada havo sovib ketdi; şaroitlar yöqligiga qaramay, uylarni bitkazib ketdik. Bu muddat davomida 12 kişi birgalikda 67 million sömlik işni bajargan bölsak-da, Odamboy Qurbonboyev bizga 24 million söm iş haqi bergan, xolos.

Ovqatlaniş özimizning hisobimizdan bölgani uçun berilgan 24 millionning ham köp qismi yeb-içişimizga ketib qoldi. Yotoqxona ham, yuviniş uçun şaroitlar ham bölmagan, qurilayotgan binoning içida yotganmiz.

Aziz Ergaşev

Işimizni tugatganimizdan keyin 10 kunça kutdik. Ertaga, indinga beraman deb çözib yurdi, lekin şu paytgaça pulimizni bermadi. Dökonlardan 1,8 mln sömlik mahsulotni qarzga sotib olib yedik. Pulimizni oliş örniga, yölkira ham topolmay, taksilarga pulini uydagilardan olib berişimizni aytib, uylarimizga ketdik», – deydi u.

Aziz Ergaşevning aytişiça, quriliş tamomlangaç namunali uylardan biriga Şirin şahar hokimi köçib kirgan. Quruvçilar hokimning oldiga borib, işlarni tugatganini, lekin haliyam iş haqi berilmaganini aytişgan va pullarini olib berişda yordam söraşgan, ammo bundan naf bölmagan.

«Meni hayron qoldirayotgan narsa şuki, Qozoğiston va Rossiyada işlab yurgan akalarim, yaqinlarim xizmat haqlarini muammosiz olişyapti. Lekin özimizning davlatda bizga öxşagan oddiy işçilar halol peşona teri bilan topgan pulimizni ololmayapmiz.

Biz şahar hokimi va boşqa mas'ullardan oş-non yoki iş topib berişini sörayotganimiz yöq, şu yerning egasi sifatida buzilgan haq-huquqlarimizning tiklanişida yordam sörayapmiz, xolos», – deydi u.