Donald Tramp AQŞ prezidenti lavozimini topşirişidan bir kun avval Qarşi–Xonobod aerodromida xizmat qilgan amerikalik harbiylarga oid farmon imzolagan edi.

Donald Tramp
Foto: Reuters

Hujjatda 2001–2005 yillarda Qarşi–Xonobod aerodromida harbiy xizmat ötagan harbiylarga jangovar amaliyotlar öçoğida iştirok etib qaytgan uruş faxriylari maqomini beriş va ularning toksik ta'sirlangan bölişi mumkinligiga aniqlik kiritiş topşiriği qöyilgan.

Bu yillar davomida Afğonistondagi aksilterror kampaniyada iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan 15 777 nafar amerikalik harbiy xizmatçining 75 foizi keyinçalik saraton va boşqa kasalliklarni orttirgani aytilmoqda. Bunga Xonobod aerodromida radiatsiya va toksik nurlaniş mavjudligi sabab sifatida taxmin qilinyapti.

Foto:  U.S. Air Force

Özbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi örinbosari Islombek Boqijonovga köra, Qaşqadaryodagi Xonobod aerodromi bir paytlar kimyoviy dorilar ortilgan samolyotlar uçun möljallangan aerodrom bölgan. Bu yerda insonning nafas yöllariga ta'sir körsatadigan darajadagi dorilar dalalarga sepiş uçun saqlangan.

Boqijonov aerodrom harbiylar tasarrufidagi qöriqlanadigan zona bölgani uçun u yerga kirişning imkoni bölmagani, şu sababli hududning ekologik holati örganilmaganini ta'kidladi. Qömita OAVda e'lon qilingan ma'lumotlar ortidan aerodromni tekşirayotgani ma'lum qilindi.

Özbekiston mudofaa vazirining matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov 16 fevral kungi matbuot anjumanida Xonobod aerodromida radiatsiya va toksik nurlaniş mavjudligi haqidagi xabarlarga izoh berib, bu mutaxassis bölmagan odamlarning fikri ekanini ta'kidladi