Dunyo böyiça koronavirusga qarşi emlanganlar soni 200 milliondan oşdi, deb xabar bermoqda TASS.

Ma'lum qilinişiça, ayni paytga kelib 200 mln 269 ming 332 nafar kişi emlangan bölib, bu sayyora aholisining 2,6 foizini taşkil etadi. Barça emlanganlarning 65 foizi AQŞ, Xitoy, Buyuk Britaniya va Hindistonga töğri keladi.

AQŞda mamlakat aholisining 18,5 foizga yaqini - 60 mln kişi emlangan. Xitoyda 40,5 mln kişi emlangan (3 foiz). Buyuk Britaniyada Normand orollari va Men orolini qöşib hisoblaganda 17,5 mln kişi emlangan (26,4 foiz). Hindistonda 10,7 mln kişi emlangan (aholining 1 foizdan kamroği).

Aholi orasida emlanganlar uluşi böyiça esa Isroil birinçi örinda (80,3 foiz), keyingi örinlarda BAA (49,8 foiz) va Seyşel orollari (56,8 foiz) joylaşgan.

Emlaş sur'ati sekinlaşgani aytilmoqda. Ötgan haftada kuniga örtaça 6 mln emlaş amalga oşirilgan bölsa, mazkur haftada kuniga 5 mln atrofida odam emlangan.