Şanba kuni Mandalayda ham mamlakatning boşqa yirik şaharlarida bölgani kabi fevral oyi boşida davlat töntarişi orqali hokimiyatni qölga olgan harbiylarga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötdi.

Namoyişçilar harbiylar tomonidan hibsga olingan mamlakatning avvalgi rahbari Aung San Suu Kini ozod qilişni talab etişmoqda.

Namoyişçilar politsiyaçilarni çözmadan (rogatka) nişonga olişgan, bunga javoban politsiya közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllab, namoyişçilar tomon öt oçgan. Dastlab politsiyaçilar rezina öqlardan foydalanişgani aytilgandi, keyinroq ma'lum böldiki, jangovar öqlar uzilgan.

Namoyişçilardan biri boşidan öq yegaç, voqea joyidayoq halok bölgan, öq kökrak qafasiga tekkan yana bir kişining joni şifoxonada uzilgan.

Politsiya hozirça bu holatlar böyiça izoh bermadi.

Bular namoyişçilarning ilk qurbonlari emas. Şanba kuni Yangonda avvalgi namoyişlarda öqqa uçib halok bölgan 20 yoşli qizning dafn marosimi ötkazildi.

Mya Txve Txve Xaying 9 fevral kuni poytaxt Neypidogi keng kölamli namoyişlar politsiyaçilar tomonidan şafqatsizlik bilan bostirilişi vaqtida jarohatlangandi - öşanda suv purkagiçlar (vodomyot) işga solingan, şuningdek, odamlarga qarata rezina va jangovar öqlar otilgandi. Şifokorlarning sözlariga köra, qiz öqotar quroldan jarohat olgan.

Mya oziq-ovqat dökonida sotuvçi bölgan, u şifoxonadaligida 20 yoşga kirgan
EPA

Öz şaxsi sir qolişini söragan şifokorlardan biri Human Righs Watch’ga bergan ma'lumotga köra, metall öq uning öng quloği sohasidan boşiga kirgan. Mya Txve Txve Xaying şifoxonada maxsus apparatda bölgan, ammo 19 fevral kuni vafot etgan.

Harbiy töntariş
Myanmada 1 fevral kuni harbiy davlat töntarişi amalga oşirilgandi. Öşanda myanmalik harbiylar poytaxtga askarlarni kiritib, yangi parlamentning ilk sessiyasi ötkazilişiga tösqinlik qilişgan, mamlakat yetakçisi Aung San Suu Ki va prezident Vin Minni uy qamoğiga taşlab, bir yillik favqulodda holat rejimini joriy etişgandi.

Armiya boş qömondoni, general Min Aung Hlaing davlat rahbari vazifalarini öz zimmasiga olişini ma'lum qilgandi.