Telegramdagi Davletovuz kanali muallifi «Qoraköz-investor, jigar-tadbirkor» sarlavhali navbatdagi suriştiruvida ham Jizzax viloyatidagi taniş-bilişçilik va manfaatlar töqnaşuvi mavzusini kötardi. Uning aniqlaşiça, sönggi yillarda Jizzax viloyatida turli loyihalarda faol iştirok etib kelayotgan Rossiyaning AAA INVESTMENT COMPANY kompaniyasi - xorijiy investor niqobidagi özbekistonlik Şavkat Alibekoviç Soliyevga tegişli.

AAA INVESTMENT COMPANY kompaniyasi Rossiyada 2018 yil 20 fevralda 1 mln rubllik ustav fondi bilan röyxatdan ötgan, mart oyida esa Özbekistonda uşbu kompaniya (90 foiz) va Elbek Soliyev ta'sisçiligida AAA COMPANY MÇJ qöşma korxonasi oçilgan. 

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil noyabridagi qarori bilan tasdiqlangan 2020-2022 yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi sohalarini rivojlantiriş böyiça investitsiya loyihalarining manzilli röyxatiga köra, AAA COMPANY MÇJ qöşma korxonasi Duoba qişloq fuqarolar yiğini hududida Turistik davolaş-soğlomlaştiriş majmuasi taşkil etişi belgilangan. E'tiborli tomoni, uşbu maqsadlar uçun yer ajratiş böyiça qaror Zomin tumani hokimi tomonidan 2019 yildayoq çiqarib qöyilgan.

Majmua qiymati 14 mlrd söm bölib, 7 mlrd kompaniya hisobidan, 5 mlrd sömi Milliybank kreditlari hisobidan, 200 ming dollarlik çet el investitsiyasi hisobidan amalga oşirilişi kerak.

Kompaniya tumanda çorvaçilik bilan boğliq yana bir loyihani amalga oşirişni niyat qilgan. Qöşma korxona oçilgan oyning özidayoq tuman hokimi yer ajratiş böyiça qaror çiqarib bergan.

Mazkur korxona tomonidan Şarof Raşidov tumani, Uçtepa qişloq fuqarolar yiğinida umumiy qiymati 13 milliard söm bölgan loyiha amalga oşirilgan. OAVda e'lon qilingan reklama materialidan ma'lum bölişiça, Milliybank tomonidan ajratilgan kredit mablaği evaziga bouling markazi va 3D kinoteatr qurilib, zarur jihozlar xarid qilingan. 3D kinoteatr 2ta zaldan iborat bölib, har biri 50ta tomoşabin örnini öz içiga oladi.

Qöşimça qilinişiça, Şavkat Soliyev va Elbek Soliyev 2018 yil aprelida 90/10 uluşda METAN KOREA MÇJ qöşma korxonasini ham oçişgan.