Samolyot bortida jami 241 kişi bölgan, barçasi xayrli yakun topgan, deb xabar qildi CNN.

United Airlines aviakompaniyasiga qaraşli Boeing 777 şanba kuni Kolorado ştati markazi Denverdan Tinç okeanidagi Havayi ştati markazi Honoluluga qarab yölga çiqqandi.

Ammo mahalliy vaqt bilan soat 13:30da layner Denver xalqaro aeroportiga qaytib qöndi. Laynerning öng qanotidagi dvigatelda nosozlik röy bergan.

Bir dvigatelda amalga oşirilgan qöniş muvaffaqiyatli bölgan, bortdagilardan heç kim jarohatlanmagan. Yana şunisi xayrliki, parvoz vaqtida aholi yaşaş punktlariga samolyotning ustki qoplamalari parçalari tökilganiga qaramay, bu metall parçalardan şikastlanganlar haqida ma'lumot kelib tuşmagan.

Koloradolik Kler Armstronning aytişiça, u parkda sayr qilib yurgan vaqtda qattiq taqirlagan ovoz eşitgan va yerga samolyot parçalari tökilayotganini körgan. U va boğdagi boşqalar pana joyga ötişga ulgurişgan.

Voqea röy bergan hudud aholisidan samolyotning tökilgan parçalarini körib qolganda ularga tegmaslik va mas'ullarga xabar qiliş söralmoqda.

Foto: Hayden Smith

AQŞ Transportdagi xavfsizlik milliy kengaşi hodisa yuzasidan tekşiruv boşladi. United Airlines aviakompaniyasi Pratt & Whitney PW4000-112 dvigatellariga ega 24ta Boeing 777 samolyotini foydalanişdan oldi.

Öz navbatida, Boeing kompaniyasi aviataşuvçilarga şu rusumdagi dvigatel bilan jihozlangan 777 laynerlari parvozini töxtatib turişni tavsiya qildi.

Birinçilardan bölib Yaponiya hukumati xuddi şu turdagi dvigatelga ega Boeinğlar ekspluatatsiyasini töxtatişga qaror qildi.