Şu kungaça beş vaksina – Moderna, Pfizer, Novavax, Johnson & Johnson va AstraZeneca kompaniyalarining preparatlari bu sohada pionerlar hisoblanadi. Yaqin oylar içida bu vaksinalar nafaqat millionlab jonlarni saqlab qoladi, balki soğliqni saqlaş tizimiga tuşayotgan aql bovar qilmas bosimni yengillaştiradi va frontning old qatorida tinimsiz va fidokorona xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga biroz tin oliş imkonini beradi.

Quyida yetakçi vaksinalar soliştirilgan va siz ularning samaradorligi 66 foizdan 95 foizgaça ekanini körişingiz mumkin. Bu juda katta farqdek körinsa-da, Yyel universiteti infeksionisti, Pfizer vaksinasining tadqiqot qiliş böyiça rahbari Onyyema Ogbuaguning ta'biri bilan aytganda, «olma va apelsinni soliştiriş» kabi samaradorlik darajasini çoğiştiriş oldida heç narsa emas.

Bu vaksinalarning ayrimlari (masalan, Johnson & Johnson’s) Janubiy Afrika respublikasi kabi koronavirusning xavfliroq va nisbatan yangi ştammlari tarqalgan hududlarda ham sinalgan bölsa, Moderna va Pfizer kabi vaksinalar Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika ştammlari çiqişidan avvalroq sinovdan ötkazib bölingan edi.

Eng muhim jihat – vaksinalar kasallikdan asraşda qançalar farq qilmasin, şu paytgaça bu vaksinalarni olgan biror inson koronavirus tufayli vafot etmadi yoxud kasalxonaga yotqizilmadi. Oğir kasallikdan muhofazalaş barça ukollar qila oladigan yaxşi natijadir. Binobarin, hatto qoyilmaqom bölmagan vaksina ham pandemiyaga barham berişda benazir kömakçi böla oladi.

Quyida koronavirusga qarşi yetakçi vaksinalar haqida asosiy ma'lumotlar keltirilgan:

Pfizer/BioNTech

PHOTONEWS VIA GETTY IMAGES

Qay yösinda ta'sir qiladi: Pfizer (mRNA) tipidagi vaksina bölib, odam hujayralariga koronavirusga qarşi immun tizimini işga tuşiriş va qanday işga tuşiriş böyiça yöriqnoma jönatadi.

Samaradorligi: simptomatik kasallikka qarşi 95 foiz.