Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Kudbiyev QQS  «tölanişi lozim bölgan soliqlarni kamaytirib körsatiş va qöşilgan qiymat soliği summasini noqonuniy hisobga oliş» bilan şuğullangan 129ta korxona aniqlanganini ma'lum qildi. Qömita raisi 23 fevral kuni ötgan tadbirkorlar bilan uçraşuvda şubhali korxonalar röyxati yangi nomlar bilan kengayib borayotganini aytgan.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, şu paytgaça «obnalçilar» xizmatidan foydalangan 206ta davlat uluşiga ega taşkilot (120ta davlat korxonasi (47,3 mlrd. söm) va 86 ta davlat uluşi mavjud (48,1 mlrd. söm) ham aniqlangan.

«Obnalçilar» – halol işlaydigan tadbirkorning birinçi va yagona duşmani. Negaki, ular boşqa insofli soliq tölovçilar biznesiga putur yetkazmoqda. Ularning noqonuniy harakati böyiça töplangan materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriladi», – deydi Kudbiyev.

Ta'kidlanişiça, uşbu xöjalik yurituvçi sub'yektlar öz faoliyati davomida qalbaki operatsiyalarni amalga oşirib, budjetga tölanadigan soliq summalarini kamaytirgan hamda 10 mingga yaqin korxona ular bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirib, qariyb 1 trillion söm miqdoridagi qöşilgan qiymat soliği summasini hisob (zaçet)ga olgan holda budjetga soliq tölamagan.  

Avvalroq DSQ tomonidan «obnalçi firmalar» bilan kuraş boşlangani, «obnalçilar» mojarosi yuzasidan tadbirkorlarning noroziligi haqida ma'lumot berilgan edi.

Uşbu masalada tadbirkorlar bilan yetarliça işlamagan Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari işdan olingan edi.

Ayni paytda Davlat soliq qömitasining «Lozim darajadagi ehtiyotkorlik» tizimi orqali aniqlangan 396ta şubhali korxona bilan aloqada bölgan 2960ta korxona, dastlabki tekşiruv natijalariga köra, soliq xavfi past bölgani uçun hisobraqamlariga kiritilgan inkasso topşiriqlari joriy yil birinçi martiga qadar bekor qilingan