Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili – Ombudsman nomiga 2020 yilda 14 975 ta murojaat kelib tuşgan. (2019 yilda 12 822 ta). Murojaatlarning 33,5 foizi inson va fuqaroning şaxsiy huquq hamda erkinliklariga, 37,3 foizi ijtimoiy, 25,3 foizi iqtisodiy, 3 foizi siyosiy va 0,7 foizi ekologik huquqlarga tegişlidir. Bu haqda Ombudsmanning Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasida bergan hisobotida aytib ötildi.

2020 yilda Ombudsmanning fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaş yuzasidan tavsiyalari berilgan 16 ta xulosasi tayyorlanib, viloyat hokimliklariga, Oliy sud, Boş prokuratura va Içki işlar vazirligiga yuborilgan hamda sudlarga 30 ta da'vo arizasi va 21 ta taqdimnoma kiritilgan.

Ma'lum qilinişiça, murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça 29 ta jinoiy, 42 ta ma'muriy iş qözğatilib, içki işlar idoralari xodimlarining 17 nafariga intizomiy va 17 nafariga xizmat tekşiruvi tayinlangan, 3 nafariga hayfsan va tanbeh ta'sir çoralari qöllanilgan, sud qarorlariga nisbatan 3 ta protest kiritilgan hamda murojaat etuvçilarning manfaatlarini közlab jinoyat işi qözğatişni rad etiş töğrisidagi 58 ta qaror bekor qilindi.

Şuningdek, ötgan yili Bola huquqlari böyiça vakilga jismoniy va yuridik şaxslar, bolalar hamda ularning qonuniy vakillari tomonidan 85 ta murojaat kelib tuşgan.

Uşbu murojaatlarning 28 tasi idora va taşkilotlar tomonidan qanoatlantirilgan. Mehribonlik uylari bitiruvçilarining turar-joy bilan ta'minlanişi töğrisidagi 12 ta murojaati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan javobsiz qoldirilgan.