Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili nomiga kelgan 885 ta murojaat körib çiqildi. Murojaatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan 47 foizga oşgan. 20 ta murojaat voyaga yetmagan şaxslar tomonidan yöllangan.

Internet tarmoği monitoringida bola huquqlarining buzilişiga oid 185 ta holat aniqlangan va tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda tekşirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan 60 ta zöravonlik holatlari yuzasidan 16 ta jinoyat işi hamda 22 ta ma’muriy iş qözğatilgan.

Ota-onasi va boşqa yaqinlari bergan murojaatlar böyiça 5 nafar bola xorijdan Özbekistonga olib kelinişiga, 1 nafar bola öz yurtiga, Rossiyaga qaytarilişiga erişildi.

RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola bölib turgan şaharlarida barça zarur şart-şaroitlar ta’minlanib, söng Özbekistonga qaytarilgan.

Bolalar ombudsmani 2025 yilning birinçi yarmida 21 ta şaxsiy qabul ötkazib, qabullar davomida 87 nafar fuqaro murojaati körib çiqildi. Bolalar ombudsmani kotibiyati xodimlari 20 marotaba (fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlarda) sud majlislarida bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvçi sifatida iştirok etdi.