Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritildi. 

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçaga köra, Özbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxs yoxud hamrohlik qiluvçi şaxs tomonidan çet davlat hududida nazoratsiz qoldiriş: 

- BHM 10 baravaridan 50 baravarigaça (bugungi kunda 3 mln sömdan 15 mln sömgaça) miqdorda jarima solişga sabab böladi. 

Şunga köra, ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körib çiqişda köpi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud uşbu huquqbuzarlikni sodir etgan şaxs zimmasiga bolani çet davlatdan Özbekistonga qaytariş yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etiş böyiça çoralar köriş majburiyatini yuklaydi. 

Şuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçaga köra, bolani çet davlatda nazoratsiz qoldiriş, xuddi şunday xatti-harakat uçun ma’muriy jazo qöllanganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda Özbekistonga qaytarilişini ta’minlamaslik 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.  

Öşa qilmiş oğirlaştiruvçi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan şaxs 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin. 

Uşbu normalar mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç amalga kiritiladi.