Bugun, 24 fevral kuni Davlat boşqaruvi akademiyasida Senat huzuridagi Yoşlar parlamentining 2020 yil yakuniga bağişlangan hisobot yiğilişi ötkazildi.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, yiğiliş davomida Yoşlar parlamenti a'zolari «Milliy tiklaniş» va «Adolat» partiyalari işlab çiqqan Jinoyat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasi böyiça tanqidiy munosabat bildirdi.

«Bir qator a'zolarimiz bilan muhokama qildik. Bu qonun loyihasi erkin demokratik jamiyatda fuqarolarning tinç namoyiş ötkaziş, hukumatning qaysidir qarorlariga qarşi çiqiş, öz munosabatini erkin bildiriş imkoniyatlarini yöqqa çiqaradi», dedi a'zolardan biri.

Yoş parlamentariylar tomonidan bildirilgan bu fikrga Senat raisi Tanzila Norboyeva ham öz munosabatini bildirdi. Unga köra, hali qonun loyihasi Senatga qonun şaklida yetib kelmagan. Ammo u yetib kelgan taqdirda ham söz va fikr erkinligiga qarşi bölişi mumkin emas.

«Davlat rahbari jurnalist, blogerlarga va umuman heç kimga söz-fikr erkinligi uçun tösiq qöymoqçi emas. Bu huquq va erkinliklarga prezident doim xayrixoh. Jurnalist va blogerlarga hamma yöllar oçiq. Bu böyiça barça gap aytilgan, ortga qaytilmaydi.

Ha. Yana bir gap: prezident bu gaplarni özidan-özi ham aytmayapti. U xalqaro me'yorlarni, erkinliklarni bizga kiritişga harakat qilyapti. Şu gaplar aytilayotgan paytda qanday qilib erkinliklarni çeklovçi qonunni qabul qilişimiz mumkin?

Bu yerda qandaydir tuşunmovçiliklar bordir», dedi Senat raisi.

Ma'lumot uçun, uşbu Qonun loyihasida axborot sohasidagi bir qator harakatlar uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilaş taklif etilgan.

Jumladan, Jinoyat kodeksining 244-moddasida:

  • hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga faollik bilan böysunmaslikka;
  • ommaviy tartibsizlikka;
  • fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga –

– ommaviy da'vat qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş taklif etilmoqda.

Bu jinoyat uçun jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini joriy etiş közda tutilgan.