Boşqa hududlardan jalb qilingan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi
«Olis hududlardagi budjet taşkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga asosan, 2021 yil 1 martdan boşlab ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars beriş uçun boşqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi.
Bunda:
- bir ma'muriy-hududiy birliklar doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
- boşqa ma'muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar tölanadi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga yöllarda yöl harakati qoidalari buzilganini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan vositalarni örnatiş huquqi beriladi
Prezident qaroriga binoan yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasida 2021 yil 1 martdan boşlab tadbirkorlik sub'yektlariga avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganini qayd etuvçi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari örnatilişini taşkil etiş huquqi beriladi.
Şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga avtomobil yöllarida avtomatlaştirilgan ölçov vositalari bilan jihozlangan oğirlik va gabarit nazorati böyiça statsionar şoxobçalar örnatilişini taşkil etiş huquqi ham beriladi.
Ikki qavatdan yuqori va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan bino va inşootlarni quriş va rekonstruksiya qiliş tartibi özgaradi
Prezident farmoniga muvofiq ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bölgan bino va inşootlarni, şu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni quriş hamda rekonstruksiya qiliş obektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan ötkazilgan hamda obektning Quriliş vazirligi qoşidagi quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat quriliş nazorati örnatilgan holda amalga oşiriladi.
«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK kumuşni birja orqali zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarga erkin sotadi
2021 yilgi davlat dasturiga köra, 2021 yil 1 martdan boşlab «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK tomonidan kumuşni birja orqali zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilarga erkin sotiş tartibi joriy etiladi.










