2021 yilning 27 fevral kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirğizistonga amaliy taşrif bilan boradi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar qildi.

Uçraşuv va muzokaralar çoğida Özbekiston – Qirğiziston munosabatlarining asosiy jihatlari, siyosiy-diplomatik, çegara, savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş hamda çuqurlaştiriş istiqbollari muhokama qilinadi.

Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi hamkorlikning ijobiy sur'atlarini yanada jadallaştiriş, mintaqaviy va mintaqalararo darajalarda infratuzilmaviy hamda transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşiladi.