REUTERS

«Biz aksiyamizni yakunladik va muxolifatçilarga ham öz aksiyalarini tamomlaşni taklif qilamiz. Ularni keyingi harakatlarni muhokama qilib olişga çaqiramiz», degan boş vazir.

Ammo harbiylarning çiqişidan ilhomlangan namoyişçilar tarqalişni istaşmadi - ular boş vazir qarorgohi va parlament binosi joylaşgan Marşal Bagramyan prospektini tösib qöyişdi va boş vazir iste'foga çiqmagunça şu yerda qolişga va'da berişdi.

Namoyişçilar parlament qarşisidagi maydonga çodirlar (palatkalar) örnatişdi. Ular hukumat iste'fosidan boşqa heç narsaga rozi bölişmasliklari, heç qanday muloqotdan boş tortişlarini ma'lum qilişgan.

Muxolifat yetakçilari mamlakat prezidenti bilan uçraşuv uçun delegatsiya şakllantirişdi va parlamentning navbatdan taşqari yiğilişi çaqirilişini talab qilişdi.

Ammo parlamentdagilarning köpçiligi - Paşinyanning fraksiyasiga mansub va deputatlarning köpçiligi boş vazirni qöllab-quvvatlaşmoqda.

Pashinyan prezident bilan telefon orqali muloqot qilgani va unga öz pozitsiyasini takrorlaganini ma'lum qildi: prezident yoki boş ştab rahbari Gasparyanni iste'foga çiqariş haqidagi hujjatga imzo çekadi yoki özi iste'fo beradi.

Prezident Sarkisyan bayonot bilan çiqib, barça fuqarolarni, hukumatni va kuç işlatar tuzilmalar vakillarini soğlom aql bilan iş körişga çorladi.

U şuningdek, siyosatçilar unga bosim ötkazişdan tiyilişi kerakligini ta'kidladi.

«Respublika prezidenti qandaydir siyosiy kuçni qöllamagan va bundan keyin ham bunday bölmaydi», degan Sarkisyan.

U boş ştab boşliği iste'fosi masalasida qaror qabul qiliş uçun ixtiyorida uç kun borligini e'lon qilgan va bu şunçaki kadrlar özgartiriş masalasi emasligini qöşimça qilgan.