“Maxsustrans işlab çiqariş boşqarmasi” davlat unitar korxonasi Toşkent şahrini obodonlaştiriş va sanitar holatini barqarorlaştirişga bağişlangan aksiya ötkazmoqda.
Mazkur aksiya doirasida “Maxsustrans - işlab çiqariş boşqarmasi” davlat unitar korxonasi tomonidan maişiy çiqindi uyumlari yiğilib qoladigan manzillar röyxati şakllantirilmoqda. Jamlangan röyxatdagi körsatib ötilgan manzillarda yiğilgan maişiy çiqindini maxsus texnikalar yordamida olib çiqib ketiş rejalaştirilyapti.
Korxona matbuot xizmatining xabar berişiça, fuqarolardan aksiyada faol iştirok etgan holda, çiqindi uyumlari yiğilib qolgan manzillar haqidagi ma'lumotlarni t.me/maxsustrans_support «Telegram» manzilida hamda Maxsustrans DUK «Feysbuk» sahifasida qoldiriş söraladi.












