Prezident Şavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni Toşkent viloyatida amalga oşiriladigan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.

Rasmiy relizga köra, loyihalardan biri – Toşkent viloyatining Qibray tumanida, «Toşkent-Şarqiy» aerodromi yaqinida 155 gektarlik boğ barpo etiş loyihasi.

«Uni işlab çiqişda dunyo megapolislaridagi maşhur parklarning landşafti, qulayliklari örganilgan. Bu boğ faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat öziga xos dendropark bölişi közda tutilgan. Bu poytaxtimiz ekologiyasiga katta ta’sir körsatadigan, aholi va mehmonlar sayr qiladigan «yaşil hudud» böladi», – deyiladi xabarda.

Mazkur boğning yonida Olimpiya şaharçasi qurilişi rejalaştirilmoqda. Ma’lumki, Osiyo Olimpiya kengaşining qaroriga köra, 2025 yilda Yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlari Toşkentda ötkaziladi. Unda qit’aning 45 ta mamlakati yoşlari 20 ga yaqin sport turi böyiça bellaşadi.

Bunday nufuzli xalqaro musobaqa Özbekiston tarixida birinçi marotaba ötkaziladi. Davlat rahbari bu katta işonç ekanini, musobaqaga hozirdan boşlab puxta tayyorgarlik köriş kerakligini ta’kidlagan.

"Özbekiston 24" telekanali efiridan kadr

Şu maqsadda 160 gektar maydonda Olimpiya şaharçasi quriş böyiça loyiha işlab çiqilgan. Çirçiq daryosining 5 kilometrdan ziyod qismida qirğoqlarni tartibga keltirib, eşkak eşiş böyiça musobaqalar uçun zarur şaroit yaratiş möljallangan. Uning böylarida esa 270 gektarlik park bunyod etilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, Qibray tumanining uşbu hududida 2 ta universitet, şifoxona, ekspo, savdo va köngiloçar markaz binolari joylaştirilişi nazarda tutilmoqda.

Prezident loyihalarni sifat va qulaylik jihatidan takomillaştiriş, inşootlarni qurişda jahondagi eng ilğor tajribalarni qöllaş böyiça körsatmalar berdi.