«2018 yil 12 iyundagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga asosan 2019 yildan boşlab tibbiyot muassasalari va FHDYo organlari örtasida tuğiliş va ölim haqida elektron ma'lumot almaşiş tizimi joriy etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamentida tibbiyot muassasasi ota-ona va bola haqidagi barça ma'lumotlarni elektron şaklda «Tuğiliş va ölimni, şu jumladan, perinatal ölimni elektron röyxatga oliş» avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritişi va ma'lumotlar avtomatik tarzda FHDYo bölimiga yuborişi belgilangan. Davlat xizmatlari agentligi uşbu jarayonni muntazam ravişda nazorat qilib boradi. Biroq örganişlarimiz hamma joyda ham belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinmayotganini körsatmoqda.

Xususan, agentligimiz tomonidan joriy yilning yanvar oyida Toşkent şahridagi bir qator tibbiyot muassasalari tibbiy ma'lumotlarni axborot tizimiga kiritiş va FHDYo bölimlariga yuboriş holati örganildi. Örganiş davomida tibbiyot muassasalari tomonidan tuğiliş va ölim holatlari böyiça ma'lumotlar belgilangan muddatlarda axborot tizimiga kiritilmagani va FHDYo organlariga yuborilmagani aniqlandi», deydi agentlik boşqarma boşliği Uluğbek Mahmudov.

Qayd etilişiça, 2020 yilning yanvar oyi davomida tuğilganlik haqidagi 390ta, perinatal ölim haqidagi 3ta ma'lumot axborot tizimiga kiritilmagan, tuğilganlik haqidagi 888ta ma'lumot belgilangan muddatdan keçiktirib kiritilgan.

Jumladan, Toşkent şahridagi 8-sonli tuğuruq kompleksi tomonidan 2021 yil 9 yanvarda tuğilgan fuqaro L.S.ning bolasi haqidagi ma'lumot 11 kundan keyin, ya'ni 21 yanvarda FHDYo bölimiga yuborilgan.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamentiga köra, bola tuğilgan joydagi tibbiyot muassasasi xodimi bola tuğilgandan söng 1 kun içida bola va ota-onasi haqidagi ma'lumotlarni axborot tizimiga kiritişi hamda ma'lumotlarni avtomatik tarzda «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga yuborişi va QR-kod qöyilgan blankda ma'lumotnoma şakllantirişi belgilangan.

Uluğbek Mahmudovning qöşimça qilişiça, tibbiyot muassasalari tomonidan muddat ötib ketgan bölsa-da, ayrim tibbiy ma'lumotlar axborot tizimiga kiritilmagani aniqlangan. Şuningdek, Toşkent şahridagi 3-son tuğuruq kompleksi tomonidan esa tuğilişi qayd etilgan 313 nafar bolaning tibbiy ma'lumotlari axborot tizimiga kiritilmagan va FHDYo bölimiga yuborilmagan.