Ilon Mask nafaqat elektromobillar bozorida inqilob yasadi, balki u milliardlab dollarlik aktivlarga ega raqobatçilarni ham yaratdi. Forbes qrimlik novator, «Bond avtomobili» muallifi va Tesla buloğidan suv içgan hamda keyinçalik sobiq rahbari yölida paydo bölgan odamlar haqida hikoya qiladi.

PayPal nafaqat onlayn tölovlar sohasidagi kaşşofligi bilan, balki öziga xos xos mafiyasi bilan ham dong taratgan – uning sobiq xodimlari keyinçalik köplab startaplarning asosçilari yoki sarmoyadorlariga aylanişgan. Yelp’dan to LinkedIn’gaça, Palantir va Affirm ham.

Bu guruhning eng atoqli «xöjayini» Ilon Mask keyinçalik öziga raqobatçilik qiladigan öziga xos yangi «mafiya» tuzgan. Tesla’ning önlab sobiq xodimlari ayni damda Proterra va Rivian kabi boşqa elektrotransport kompaniyalarida javlon urişmoqda. Maskning yana bir neça sobiq xodimi öz startaplarini yölga qöyib, elektromobillar va akkumulyatorlar işlab çiqarişmoqda. Ularning maqsadi 6 trilliondan ortiq mablağ aylanadigan dunyo avtosanoatini özgartiriş hisoblanadi.

«Buni Tesla’ning yolğiz özi qilolmaydi», deydi Piter Roulinson. Ötmişda u Tesla Model S’ning boş muhandisi bölgan, hozirda özining Lucid e-mobilini işlab çiqarmoqçi. «Maskka raqobat kerak», deya işonçi komil uning.

«Bu yaxşi hamjamiyat. Men sobiq hamkasblarim turli sohalarda qançalar muvaffaqiyatli va ta'sir doirasi kuçli bölib ketganiga guvoh bölayotganimdan juda mamnunman», deydi haydovçisiz boşqariladigan Aurora avtomobillari hammuassisi Sterling Anderson. Anderson Tesla’ni 2016 yilda tark etgandi.

Roulinson, Anderson va Tesla’ning yana uç sobiq xodimi avtosanoatni elektrlaştiriş va avtomatlaştirişda Ilon Maskka raqobatçi bölişga tayyor (yordam berişga ham). Ularning kompaniyalarining umumiy bozor qiymati 30 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Bu 780 milliard dollarlik Tesla’ga soliştirganda dengizdan bir tomçidek. Biroq bu hali boşlanişi.

Sterling Anderson

Aurora Innovation, hammuassis va işlab çiqariş direktori