Dam oliş kunlarida Myanmaning köplab şaharlarida yirik namoyişlar bölib ötdi. BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari ma'lumotiga köra, namoyişlar vaqtida kamida 18 kişi halok bölgani tasdiqlangan. Eng yirik namoyişlar Yangon, Tavoy va Mandalay şaharlarida bölib ötgan. Şu tariqa, harbiy davlat töntariş röy bergan 1 fevralan buyon oy oxiridagi yakşanba eng qonli kunga aylandi.

Politsiyaçilar öqotar qurollardan taşqari, rezina öqlar va közdan yoş sizdiruvçi gazdan foydalangan.
BMT boş kotibi Antoniu Guterreş harbiylarning harakatlarini keskin qoralab çiqdi va jahon hamjamiyatini generallarga bosim ötkazişga çaqirdi..
«BMT boş kotibi Myanmadagi şafqatsiz qatağonni qat'iy qoralab, ölim holatlari va jiddiy jarohatlanganlar soni oşayotganidan çuqur taşvişdaligini bildirdi. Tinç namoyişçilarga jangovar qurol qöllaş va asossiz qölga olişlarga yöl qöyib bölmaydi», deyiladi BMT bayonotida.
«Boş kotib jahon hamjamiyatini birlaşişga va harbiylarga Myanmadagi inson huquqlariga rioya etişi, xalqning saylovlarda bildirgan işonçini hurmat qilişi va qatağonni tugatişi zarurligi haqida aniq signal yuborişga çaqiradi», deya qayd etgan BMT vakili.
«Heç qanday ogohlantiriş bölmadi»
«Frans press» agentligi xabar berişiça, Tavoyda politsiyaçilar namoyişçilarga öqotar qurollardan öt oçişi oqibatida kamida uç kişi halok böldi.

«Biz yiğilişimiz bilanoq politsiya öq otişni boşladi. Heç qanday ogohlantiriş bölmadi. Ayrimlar jarohatandi, ayrim öqituvçilar uylar orasida yaşirindi», deydi Yangondagi namoyişlarga çiqqan öqituvçilardan biri «Frans press» muxbiriga.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvçilarning yozişiça, kun davomidagi qurbonlar soni 20dan oşiq böldi, ammo bu ma'lumot tasdiqlanmagan.

«Bizni tiz çöktira olişmaydi»
Ayrim namoyişçilar şiorlar aytib, qöşiqlar kuylaşmoqda, qolganlar köçalarda barrikadalar örnatişmoqda. «Agar ular bizga qarşi kelişsa, biz qözğalamiz. Agar bizga hujum qilişsa, himoyalanamiz. Bizni harbiylarning etiklari ostida tiz çöktira olişmaydi», deya namoyişçilardan birining sözlarini keltiradi Reuters.















