Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyat hokimi Botir Zaripovning ştabi joylaştirilgan ğildiraklar ustidagi vagon suratini e'lon qildi.

«Ayni paytda mazkur vagon-ştab Olot tumani «Davlatboy» mahallasiga joylaştirilgan. Botir Zaripov şu yerda yaşab, olotliklarning muammolarini örganmoqda. Ularni hal etiş çoralarini körmoqda», deyiladi xabarda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati Botir Zaripov 2 mart kunini şu konteynerda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalarini muhokama qilişdan boşlaganini qöşimça qilgan.

Avvalroq Buxoro viloyatida 4-sektor rahbari - soliq boşqarmasi boşliği ham Kogon tumanidagi köçma ştabga köçib ötgani xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, fevral oyi oxirida Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov şaharning «Bunyodkor» mahallasiga konteyner örnatib, vaqtinçalik öşa yerda yaşaşini ma'lum qilgandi. Keyinroq yirik konteyner atrofi beton panjaralar bilan öralgani, hovliga fuqarolarni qabul qiliş uçun şiypon örnatilgani aks etgan suratlar tarqaldi.

26 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev barça viloyat hokimlari va prokurorlariga mahallalarda heç bölmasa bir oy yaşab, muammolarni «pastdan» örganişni taklif qilgandi.