2 mart kuni ötkazilişi rejalaştirilgan Rossiya va Özbekiston taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, Rossiya va Özbekiston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinişi, kun tartibidagi özaro manfaatli xalqaro va mintaqaviy muhim masalalar yuzasidan fikr almaşilişi kutilmoqda.
«Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat taşrifini taşkil etişga alohida e'tibor qaratiladi. Bugungi kunda yuqori darajadagi 30ga yaqin ikki tomonlama hujjatlar mavjud. Yaqinda bölib ötadigan qöşma komissiyaning ikkinçi yiğilişi Rossiya va Özbekiston hukumatlari rahbarlari darajasida sammit muvaffaqiyatli ötkazilişiga yordam beradi», deyiladi Rossiya TIV matbuot xizmati xabarida.
Rossiya tomoni yaqinlaşib kelayotgan tadbirlar ikki mamlakat siyosiy hayotidagi muhim voqealarga aylanişiga, köp formatli ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirişga, davlatlar örtasidagi döstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirgan.
- Eslatib ötamiz, 2020 yil dekabrida Rossiya TIV 2021 yil bahorida Özbekiston prezidenti Moskvaga kelişi kutilayotgani haqida xabar tarqatgandi. Hozirça taşrifning aniq sanasi ma'lum qilinmagan.
- Şavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bilan sönggi uçraşuvi 2020 yil 23 iyunda Moskvada bölib ötgan. Şuningdek, joriy yilning 4 fevral kuni Almati şahrida bölib ötgan Yevroosiyo hukumatlararo kengaşi yiğilişida Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin va Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov özaro uçraşuv ötkazgan.
- Ma'lumot uçun, 2020 yil davomida Özbekistonning savdo şeriklari orasida Rossiya ikkinçi örinda (özaro taşqi savdo aylanmasi 5,6 milliard dollar, şundan eksport 1,5 milliard dollar, import 4,1 dollar) qayd etilgan. Oxirgi ikki yilda Rossiya Özbekistonning asosiy savdo hamkori maqomini yöqotgan.
















