1 mart kuni viloyat quriliş boşqarmasining şaharsozlik kengaşida Samarqand şahrida qurilişi rejalaştirilgan bir qator obektlar loyihasining taqdimoti bölib ötdi. Unda turli binolar bilan birga Dahbed yöli köçasida qurilişi rejalaştirilayotgan yangi masjid binosining loyihasi ham kengaş a'zolariga taqdim etilgan. Taqdimot muhokamasida Erkinjon Turdimov ham iştirok etgan va loyihalar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirgan.

Qayd etilişiça, Mehroj Zohidov tomonidan taqdim etilgan loyihaga köra, yangi masjid şarqona binokorlik an'analariga hamda Samarqand şahridagi tarixiy binolarga hamohang tarzda quriladi. Masjid oldidagi köçada tirbandlikning oldini oliş uçun jami 900 ta avtomaşina siğimiga ega ikki va tört qavatlik avtoturargoh ham bunyod etiladi.

Ma'lum qilinişiça, mazkur yangi masjid loyihasini amalga oşiriş taşabbusi Motriddagi 9 ta mahallada istiqomat qiluvçi 130 nafar tadbirkor tomonidan bildirilgan. Ular homiylik qilgan holda masjidni barpo etişadi.

4 qavatli avtoturargohni öz içiga olgan mazkur masjid loyihasi böyiça mutaxassislar öz takliflarini bildirişgan. Loyiha mualliflariga uni qayta işlab yanada takomillaştiriş topşiriği berilgan.

Dahbed köçasining Motrid qörğoni qismidan ötgan yöl ustidagi eski masjid örnida quriladigan mazkur masjid loyihasi haqida viloyat hokimi: «Samarqanddagi tarixiy masjidlar qanday körinişda barpo etilgan bölsa, bu masjid ham öşanday barpo etiladi. Çunki bu Dahbedda quriladi», deb fikr bildirgan.

Ta'kidlanişiça, şaharsozlik kengaşida jami 14 ta loyiha muhokamasi bölib ötgan va ularning aksariyati qayta işlaş uçun qaytarilgan.

Ma'lumot uçun, avvalroq, Samarqand şahrida yangitdan barpo qilingan Qorasuv mavzesida yangi jome masjid qurilişi rejalaştirilayotgani, Özbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov uning loyihasi bilan tanişgani, şuningdek, Urgut tumanida Samarqand viloyatidagi eng yirik masjidlardan biri barpo etilgani xabarlari berilgan edi.