Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yangi masjid quriladi
Samarqand shahrida yangitdan qad rostlagan Qorasuv mavzesida yangi jome masjid quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand shahrida yangitdan barpo qilingan Qorasuv mavzesida yangi jome masjid qurilishi rejalashtirilyapti. Bugun O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Samarqandda bo‘lib yangi quriladigan jome masjidning loyihasi bilan tanishgan.
Ta'kidlanishicha, Usmonxon Alimov masjid binosini shinam va namozxonlar uchun qulay bo‘lishi bilan birgalikda milliy va zamonaviy andozalarga mos holda qurish lozimligini aytib, o‘z tavsiyalarini bergan.
Qayd etilishicha, Qorasuv mavzesi Samarqand shahrida yangitdan barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda u yerda 80 dan oshiq ko‘p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Bu yerga ko‘chib kelgan aholining masjidga ehtiyoji bor edi. Mana endi bu yerda ham yangi jome masjid quriladigan bo‘ldi.
Xabarda yozilishicha, Usmonxon Alimov bugun Imom Buxoriy ziyoratgohida ham bo‘lgan. Unga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov hamrohlik qilishgan. Xabarga ko‘ra, Usmonxon Alimovning Samarqand viloyatiga safari davom etmoqda.
Avvalroq Usmonxon Alimov yaqinda Urgutda qad rostlagan muhtasham jome masjid binosini borib ko‘rgan va Payariqda «Tohir Shayx» masjidining yangi binosi qurilishini boshlab bergan edi.
Ma'lumot uchun, hozirda Samarqand shahrida 17 ta jome masjid faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026