Navoiy viloyati haqida tasavvurni o‘zgartirish payti keldi. Ushbu viloyatta so‘nggi yillar katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ushbu o‘zgarishlarda Zarafshan Golden Group konsernining o‘rni alohida. Ulkan sanoat zonalari, zamonaviy uy-joylar, innovatsion issiqxonalar, to‘qimachilik fabrikalari, mehmonxona va restoranlar bularning bari 25 yil oldin 6 kishilik tarkib bilan tashkil etilgan kompaniyaning hozirgi kundagi ko‘p tarmoqli faoliyatidir.
Uning tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari birlashgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish bo‘lib, korxona tomonidan 2020 yil o‘tgan yilga nisbatan 301 ta ko‘proq turar-joy majmuasini foydalanishga topshirgan.


Hozirda kompaniyada 2000 dan ortiq o‘zbekistonliklar mehnat qiladi, shundan 1000 nafar doimiy ishchilar bo‘lsa, 1000 dan ortiq mavsumiy va subpudrat korxonalari ishchilardir.
Quyida Zarafshan Golden Group'ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishamiz
Tosh maydalash zavodi Navoiy va Zarafshon shaharlarida tashkil etilgan, zavodda 100 ga yaqin ishchilar faoliyat yuritishadi. Qayta ishlangan tog‘ minerallari yiliga 140 ming metr kubni tashkil etadi.


Mahsulotlar asosan korxonaning ishlab chiqarish, qurilishga bo‘lgan ehtiyojlariga va viloyat korxonalariga yetkazilib beriladi. E'tiborga loyiq tomoni, kompaniya ishchilarining oylik maoshi o‘rtacha maosh bir yarim million bo‘lsa, eng yuqorisi 5-6 million so‘mdan iborat.
Ohak ishlab chiqarish zavodi Navoiy va Zarafshon shaharlarida tashkil etilgan, xodimlar soni 60 kishini tashkil etadi. Zarafshan Golden Group kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tanqisligini inobatga olib, ohak toshlarni ko‘mir bilan pishirish texnologiyasini joriy qilgan. Bu texnologiyani O‘zbekistonda yagona desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Yillik quvvati 31 000 tonnani tashkil etadigan zavod, mahsulotlari asosan mahalliy bozorlarga, korxonaning qurilish obektlariga va Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinadi.





















