Ishbilarmon, zamon bilan hamnafas insonlar uchun uyning qulay joylashuvi juda muhim rol o‘ynaydi. Hozir yurtimizda ko‘plab turar joylar barpo etilmoqda. Xaridorlar esa takliflar ichidan eng sarasini tanlashni istaydi.

50 000m2 maydonda qad rostlayotgan shaharcha – “Zarafshan villas”, bu – “Hi-tech” uslubidagi elit toifa kottejlar hisoblanadi. 

Toza havo va tog‘ yonbag‘rlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib manzilimiz Qibray tumani, Arg‘in mahallasida joylashgan.

Kottejlar o‘ta nozik ishlangan arxitektorlik loyihasiga asoslangan holda qurilgan. Kottejlarda basseyn, terassa hamda avtomobil qo‘yish uchun joy ham bor.

Kottejlar o‘zining zamonaviyligi, shovqindan xoliligi, shahar markazigacha bo‘lgan masofa yaqinligi va yo‘llarning tirband emasligi bilan e'tiborni jalb qiladi.

E'tiborlisi shundaki, kottejlarni chegaralangan muddatda foizli chegirmalar bilan xarid qilish mumkin.

“Zarafshan villas” turar joy majmuasi – bu oilaviy xotirjam hayot uchun ajoyib atmosferali maskan. Bu yerda har bir narsa kichik detallargacha o‘ylab chiqilgan: arxitekturaviy-stilistik yechimlar, kattayu kichiklar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlariga, toza havoda o‘ynash hamda dam olish uchun har xil ko‘rinishdagi joylar mavjud.

Kompleks eng mayda detallargacha o‘ylab topilgan uslubni, zamonaviy arxitekturani, qulaylik va dam olish uchun zarur barcha narsalarni, alohida ish joyini, katta va kichik jamoa bilan toza havoda o‘yinlar va dam olishni o‘z ichiga oladi.

Endi uyingiz atrofida maroqli dam olishingiz mumkin.

“Zarafshan villas” – raqamlar va faktlarda

Eng avvalo, “Zarafshan villas” turar joy majmuasining joylashuvini qayd etish joiz. Bu yerda yashaydigan aholi transport muammolariga duch kelmaydi. Istalgan infratuzilma (maktab, supermarket, kasalxona, dorixona, restoran va h.k.)ga tez va oson yetib olish mumkin.