Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuv muhokama qilinmaydi va AQŞ sanksiyalarining bekor qilinişi uni saqlab qolişning yagona yöli hisoblanadi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan telefon orqali muloqotida aytdi.

"Yadroviy kelişuv qayta muhokama qilinmaydi va uni saqlab qolişning yagona yöli – bu AQŞ tomonidan sanksiyalarning bekor qilinişi", - deya uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda ISNA agentligi.

Uning qöşimça qilişiça, "Eron öz majburiyatlarini bajarişni kamaytirişiga AQŞning yadroviy kelişuvdan çiqişi va bergan va'dalarini bajarmaganligi sabab böldi".

2020 yil dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq, Eronda 23 fevraldan yadroviy obektlarning Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) tomonidan nazorat qilinişi çeklandi.

Şu bilan birga, Eron XAEA 23 fevraldan boşlab yadroviy obektlardagi kuzatuv kameralari ma'lumotlariga kirişdan mahrum bölişini, ammo uşbu ma'lumotlar AQŞ sanksiyalari bekor qilinişi ehtimoli uçun uç oy davomida saqlanişini bildirdi. Ta'kidlanişiça, agar Vaşington uşbu muddat içida yadroviy kelişuvga qaytmasa, kameralar qayd etgan barça ma'lumotlar öçirib taşlanadi.