Jumladan, Vaşingtonda tartibni saqlaş uçun politsiya va milliy gvardiyaning qöşimça kuçlari jalb qilingan. Bundan taşqari, kongressmenlarning xavfsiz harakatlanişini ta'minlaş uçun uçta mahalliy aeroport va vokzalga qöşimça kuçlar qöyiladi. 

Qanon fitnalar nazariyasi tarafdorlarining fikriça, sobiq prezident Donald Tramp 4 mart kuni prezident lavozimini egallaydi, çunki 1933 yilgaça prezidentlar inauguratsiyasi hozirdagidek 20 yanvarda emas, balki aynan 4 mart kuni bölib ötgan. Şu sababli prezident saylovlari natijalariga qarşi bölganlar 4 mart kuni Kapitoliy binosi yonida töplanişlari mumkinligi xavotiri mavjud. 

Fevralda CNN telekanali Kapitoliy politsiyasi AQŞ poytaxtida Tramp tarafdorlari tomonidan tartibsizliklar uyuştirilişi holatiga 12 martgaça milliy gvardiyaning 4900 xodimi qolişini söraganini ma'lum qilgan.    

Yanvarda AQŞ milliy gvardiyasi qömondoni general Deniyel Xokanson ehtimoliy tartibsizliklar holatiga Vaşingtonda mart oyi örtasigaça 7 ming nafar harbiy qolişini aytgan.