Germaniyada karantin rejimi mart oyi oxirigaça uzaytiriladi, biroq hukumat epidemiologik vaziyat imkon bersa, çeklovlarni ertaroq yumşatişga kelişib oldi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel xabar qildi.
Zuddeuche Zeitung naşrining ma'lum qilişiça, Germaniyada karantin rejimi 28 martgaça uzaytiriladi, biroq çeklovlar yumşatilişi 8 martdan boşlanişi mumkin. Jumladan, 100 ming aholiga kasallaniş holati 50tadan kamni taşkil qilgan hududlarda kitob va gul dökonlari oçiladi. Bundan taşqari, taşrif uçun oldindan buyurtma berilgan holda muzeylar, galereyalar, botanika boğlari va hayvonot boğlari oçilişi mumkin.
Agar kasallaniş darajasi pasayadigan bölsa, 2 haftadan keyin çeklovlar yumşatilişining yangi bosqiçiga ötilişi mumkin. Jumladan, koronavirusga manfiy test taqdim qilgan holda teatr, konsert, opera va kinozallarga taşrif buyurişga ruxsat berilişi mumkin.
Merkelning ta'kidlaşiça, çeklovlarning bekor qilinişi haqidagi qarorni hududlar ma'muriyati qabul qiladi.
Bu orada Germaniya vitse-kansleri Olaf Şols Zuddeuche Zeitunğga bergan intervyusida koronavirusga qarşi emlanganlar uçun çeklovlarni bekor qiliş zarurligini aytib ötgan. U vaksina olganlarga manfiy ekspress-test talab qilinuvçi barça joylarga kirişga ruxsat berilişi kerakligini aytgan.












