“Texasda Starbeyz (Starbase) şahrini yaratamiz”, deb yozgan Mask tvitterda.

Kemeron okrugi sudyasi Eddi Trevinoning aytişiça, SpaceX vakili aholi punktining yangi şahar tarkibiga kirişi va qayta nomlanişi uçun zarur bölgan talablar bilan tanişib çiqqan.  

Trevinoning ta'kidlaşiça, okrug ma'muriyati aholi punktining qayta nomlanişi böyiça muzokaralar olib borilayotganidan xabardor qilingan.

“Twitter’dagi xabar buning uçun yetarli emas”, deb aytgan sudya va Maskka hamda uning kompaniyasiga uşbu rejasini amalga oşiriş uçun köplab tösiqlarni yengib ötişiga töğri kelişini ta'kidlab ötgan.

Mask Texasdagi ta'sirini tobora kengaytirmoqda. Ayni vaqtda unga qaraşli Tesla Inc. kompaniyasi Ostin şahrida elektr pikaplar yiğiluvçi yirik korxona barpo etmoqda. Şuningdek, tadbirkorning özi ham Texasga köçib ötdi hamda unga qaraşli Musk Foundation jamğarmasi boş qarorgohini Kaliforniyadan Ostinga köçirib ötkazdi.

SpaceX, şuningdek, Texasning Makgregor şahrida raketalar sinovini ötkazib keladi. Kompaniya rejalariga köra, Boka-Çikadagi korxonada işlab çiqilayotgan fazoviy kemalar prototipi Oy va Marsga uçişi kerak.