Nike Inc kompaniyasida vitse-prezident va Şimoliy Amerika böyiça boş menejyer sifatida işlab kelgan Enn Hebert kompaniyadan ketganini ma'lum qildi. U bu lavozimda ötgan yilning iyunidan beri işlab kelayotgandi va Nike’ning hududdagi savdo, marketing va merçandayzingiga javobgar edi.

U kompaniyada 25 yildan ortiqroq mehnat qilib, Şimoliy Amerika böyiça rahbar darajasigaça kötarila olgandi. Kompaniya böş qolgan lavozimga tezda yangi nomzod qöyilişini ma'lum qilgan.

Uning iste'fosi Bloomberg Businessweek naşri ijroçi direktorning öğli krossovkalar sotişi va uning nomidagi kredit kartasidan foydalanişi haqidagi xabar tarqatişi ortidan röy berdi.

Bloomberg Businessweek’ning sönggi sonidagi maqolada Enning kollejdan haydalgan öğli Jo Hebertning krossovka sotib yurgani haqida yozilgandi. Mijozlariga ğarbiy sohillik Jo nomi bilan tanilgan yigit krossovka sotişni maktab paytida boşlagan va hozir şu iş ortidan oyiga yuz minglab dollar daromad qiladi.

Enn Hebert maqola yuzasidan elektron poçtasiga yöllangan savollarga javob bermadi, lekin Nike vakili sobiq direktor öğlining biznesi haqida kompaniyaga 2018 yilda oşkor qilganini aytib ötdi. Kompaniya öşa payt Hebert «kompaniya siyosati, konfidensial ma'lumot yoki manfaatlar töqnaşuvi»ga xilof iş qilmayotganini aytgan.

Hebert ketganidan söng, Nike matbuot kotibi ketiş direktorning qarori ekanini ma'lum qildi.