Qayd etilişiça, 2 mart kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Turkiya Respublikasining Özbekistondagi boş konsulxonasi rahbari Salih Janerni qabul qilgan. Uçraşuvda ikki qardoş davlatlar örtasidagi döstona aloqalar sönggi yillarda jadal rivojlanib kelayotgani e'tirof etilgan.
Salih Janer özaro maqbul sohalarda Özbekiston-Turkiya muloqotini yanada rivojlantiriş uçun tomonlarda ulkan salohiyat va qiziqiş mavjudligini qayd etgan.
«Körib çiqilgan deyarli barça masalalarda pozitsiyalar öxşaş. Samarqandda Turkiya boş konsulxonasining oçilişi ham ikki davlat örtasidagi hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi hisoblanadi. Boş konsulxonaning iş faoliyatida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida e'tibor beriladi. Yuqori darajadagi mehmondorçilik uçun minnatdorçilik bildiraman», degan Salih Janer.
Turkiyaning Samarqanddagi boş konsulxonasi rahbari Salih Janer Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni rivojlantiriş uçun Samarqand şahrida Turkiya Respublikasining boş konsulxonasi binosi 8 mart kuni oçilişini ma'lum qilgan.
Markaziy Osiyoda yagona: Samarqandda Fransiyaning ilk faxriy konsulligi oçildi












