Toşkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Xitoyning «LINYI INVESTMENT GROUP» kompaniyasi rahbari Çen Min Çi bilan uçraşdi.

Toşkent viloyati hokimiyati axborot xizmati ma'lumotiga köra, uçraşuvda 3ta investitsiya loyihasi muhokama qilingan.
Örta Çirçiq tumani hududida joylaşgan, xalq tilida «Taşmore», ya'ni «Toşkent dengizi» deb ataluvçi Tuyaböğiz suv omborining 7 gektar maydonida mahalliy va xorijlik sayyohlar uçun dam oliş maskani qurilişi rejalaştirilgan.
Mazkur loyihaning birinçi bosqiçida 2,5 million dollar miqdorida investitsiya kiritilişi közda tutilgan bölib, 100ga yaqin iş örni yaratiladi.
Bundan taşqari, uçraşuv davomida Qibray tumanidagi 36 gektar boğda ekoturizm loyihasini işga tuşiriş muhokama qilingan. Qibray tumanining Çinobod hududida amalga oşiriladigan uşbu loyihaning qiymati 1 million dollar miqdorida bölib, 50ta iş örni yaratilişi belgilangan.
Şuningdek, Yuqori Çirçiq tumanida gazobeton işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş yuzasidan ham özaro kelişib olingan. Uşbu loyiha doirasida xitoylik investorning «Guding Invest» kompaniyasi 6 million dollar investitsiya kiritgan holda 2 gektar maydonda gazobeton zavodini taşkil etadi.











