Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp'ning desktop versiyasida ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi
Ushbu funksiyadan Windows va Mac kompyuterlari foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin. Ilgari ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni messenjerning mobil versiyasidagina amalga oshirish mumkin edi.
Foto: Shutterstock
WhatsApp kompyuter uchun mo‘ljallangan versiyasida ovozli va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini joriy etdi. Bu haqda Engadget xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, ushbu funksiyadan Windows va Mac kompyuterlari foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin. Ilgari ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni messenjerning mobil versiyasidagina amalga oshirish mumkin edi.
WhatsApp dasturchilarining so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda bir-biri bilan messenjer orqali muloqot qiladiganlar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
Yangilanish mualliflari kelgusida messenjerning kompyuter uchun mo‘ljallangan versiyasida yangi funksiyalar, masalan, guruhli audio va videochatlar joriy etilishini va'da qilmoqda.
Mavzuga oid
15:11
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:58 / 30.12.2025
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
12:15 / 24.12.2025
WhatsApp messenjeri Rossiyada ishi cheklanganini tasdiqladi
14:00 / 23.12.2025