XTV 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport olishni so‘radi
Xalq ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport olishni so‘radi. Bu haqda vazirlik tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlar hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilindi.
Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport ma'lumotlari (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami - JShShIR)ni kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarurligi aytilgan.
Ta'kidlanishicha, bu jarayonda Xalq ta'limi vazirligi DTM bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, OTMga hujjat topshirish uchun bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida attestat.uzedu.uz elektron bazasi DTM abitur.dtm.uz sayti bilan integratsiya qilingan.
Ma'lum qilinishicha, joriy o‘quv yilida maktablarni 437 mingdan ortiq o‘quvchilar bitiradi. Bugungi kunda bitiruvchilar elektron ma'lumotlar bazasi - attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 153 mingdan ortiq bitiruvchilar (35 foiz) pasport olmagan.
“Hurmatli ota-onalar, bitiruvchi yoshlar. Fuqarolik huquqidan foydalangan holda 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida pasport olishini ta'minlashingizni so‘raymiz. Maktab ma'muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport ma'lumotlarini attestat.uzedu.uz saytiga kiritib, ularga kelgusida oliy ta'lim muassasalariga hujjatlarini topshirishda ko‘maklashishga chaqiramiz”, deyiladi ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olish uchun o‘zlari doimiy ro‘yxatda turgan hududdagi ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda

17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi

17:27 / 26.11.2024