Saratondan ikki bor davo topgan, ikki global pandemiyani boşdan keçirgan va «gazli içimliklar oşiği» Kane Tanaka ona yurti Fukuoka prefekturasidagi Şime şahrida maş'alani kötarib yuradi.

Tanakaning oilasi uni 100 metrgaça nogironlar aravaçasida olib borişadi va onaxon maş'alani navbatdagi insonga uzatiş uçun bir neça qadam taşlaydi.

CNN Tanaka bilan suhbatlaşdi. Onaxon tadbir uçun yanvarda qizidan tuğilgan kuni uçun olgan krossovkalarini tayyorlab qöygan.

«Buvim şu yoşga yetgani va hanuz faol turmuş tarziga intilişi ajoyib. Biz boşqalar uni körib ilhomlanişini, yoş qandaydir tösiq emasligini tuşunişlarini istaymiz», deydi uning 60 yaşar nabirasi Yeiji Tanaka.

Olimpiada maş'alasini kötarib yuriş böyiça avvalgi rekordlar braziliyalik Aida Gemank (Rio-2016 olimpiadasida, 106 yoş) va stol tennisi ustasi rossiyalik Aleksandr Kaptarenkoga (Soçi-2014 Olimpiadasi, 101 yoş) tegişli edi.