«Paxtakor» hali yutmagan sovrin. Çempion Samarqandda «Nasaf»dan revanş oladimi?
|20:38 / 05.03.20216 5706 min
Nihoyat, intiqlik bilan kutilgan yangi mavsum ham eşik qoqmoqda. 6 mart, şanba kuni köhna va hamişa navqiron Samarqand Özbekiston Superkubogi doirasida amaldagi çempion Toşkentning «Paxtakor» va vitse-çempion «Nasaf»ga qarşi bahsga mezbonlik qiladi.
Yangi mavsumga kim qanday tayyorgarlik kördi?
Moliyaviy jihatdan ikki xil vaziyatda bölgan poytaxt va vohaning boş jamoalari mavsum oldi tayyorgarlik bosqiçini ham farq qilarli darajada ötkazişdi. Aytaylik, «Paxtakor» Birlaşgan Arab Amirliklarida yaxşi şaroitlarda mavsumga hozirlik körgan, Moskvaning «Spartak» klublariga qarşi örtoqlik öyinlari orqali puxta tayyorlana olgan bölsa, «Nasaf» yanvar va fevral oyida moliyaviy qiyin vaziyatni boşdan keçirdi. Röziqul Berdiyev jamoasi yil yakunlariga köra kumuş medallarga ega çiqqan bölsa-da, munosib tarzda taqdirlanmadi. Qolaversa, jamoa qişki öquv-maşğulot yiğinlarini Qarşidagi öz qarorgohida ötkazişga majbur böldi. Fevral oyi yakuniga kelib yiğin Toşkentga köçib, bir qator nazorat bahslari ötkazildi. Şunday ekan, Qarşi jamoasi öz imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda bu bahsga tayyorgarlik kördi. Jamoaning sönggi yillarda xorij yiğinlariga çiqişi odat tusiga aylangan bölsa-da, 2021 yilda klub Qarşi va Toşkentdagi yiğin bilan çeklandi.
Jamoalar tarkibidagi özgarişlar
Tarkibdagi özgarişlar masalasida «Paxtakor» köproq yöqotişlarga uçradi deyiş mumkin, ammo Şota Arveladze örnini egallagan Piter Xyuistra yetakçilar örnini munosib kadrlar bilan töldira oldi. Misol uçun, jamoani Jaloliddin Maşaripov, Doston Hamdamov singari yetakçi futbolçilar tark etgan bölsa, ularning örniga Qatardan Sardor Raşidov, «Nasaf»dan Şarof Muhitdinov, «Navbahor»dan Aziz Turğunboyev singari hujumkor yarimhimoyaçilar kelib qöşildi. Seleksiya borasida ham «Paxtakor» maqtana oladi. Klub mavsumlar oraliğida transferlarda ança faol böldi.
Afsuski, «Nasaf» bu safar ham moliyaviy imkoniyatlari çeklangani sababli yetakçisini asosiy raqibi - «Paxtakor»ga qöyib yuborişda davom etdi. Röziqul Berdiyev özi tarbiyalagan yarimhimoyaçi Şarof Muhitdinovni poytaxt klubiga ötişdan qaytara olmadi. Şuningdek, Bobur Abduxoliqov ham Qarşidan Ukraina klubiga köçib ötdi. Ötgan mavsum porlagan legioner Marko Stanoyeviçga ham bir qator klublar «oğiz solgan» bölişsa-da, serbiyalik yarimhimoyaçi oxir-oqibat Qaşqadaryoda qolişga qaror qildi. Berdiyev yetakçilar örnini bu safar ham yoşlar bilan töldirişga intildi. Şuningdek, «Dinamo»dan Suhrob Nurulloyev, «Şörtan»dan esa Şokir Yöldoşev taklif etildi, xolos. Ammo bu öyinçilar öz darajalari bilan Şarof Muhitdinov yoki Bobur Abduxoliqovning örnini bilintirmasligi hozirça qiyin masala.
Mavzuga oid
Xyuistra va Berdiyev asosiy tarkibda kimlarga işonadi?
Özbekiston Superkubogi uçun bahsdagi tarkib barçani qiziqtirişi aniq. Futbolni soğingan muxlislar Samarqanddagi uçraşuvda yangi mavsumning ilk töqnaşuviga guvoh bölişadi. Şu kuni nafaqat Samarqand, balki Qarşi va Toşkentdan ham muxlislar köhna şaharga kelişlari kutilmoqda. Çiptalar sotuvga çiqarilgan. Öyingoh muxlislar bilan bayramona atmosferaga kirsa ajab emas.
Abduvohid Ne'matov, Umar Eşmurodov, Husniddin Aliqulov, Şerzod Nasrullayev, Murod Xöjamberdiyev, Jörabek Mannonov, Husayn Norçayev, Suhrob Nurulloyev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoyeviç.
Oltinçi Superkubok. «Paxtakor»ning 4-urinişi
Özbekiston Superkubogi uçun bahs futbolimiz tarixida 6-marotaba ötkaziladi. Bungaça uçraşuvlar Farğona va Toşkentda ötkazilgan bölsa, bu safargi bahsga Samarqand mezbonlik qiladi.
«Paxtakor» hozirgaça Superkubok bahsida 3 marotaba maydonga tuşgan bölsa-da, haligaça uşbu sovringa ega çiqmagan. Ya'ni futbolimiz bayroqdori muzeyida uşbu sovrin yöq. «Nasaf» esa 2016 yilda aynan «Paxtakor»ni mağlub etgan holda bu sovringa ega çiqqan. Bu bahsda Toşkent jamoasi Qarşi klubidan öşa mağlubiyat uçun revanş oliş imkoniyatiga ega böladi.