Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
2021 yil 5 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan O‘lg‘an Bekarni qabul qildi.
Foto: TIV axborot xizmati
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga e'tibor qaratgan holda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026