Kun.uz muxbirining xabar berishicha, prezident pansionat zalida videoselektor shaklida o‘tgan tadbirda bu maskan misolida respublikadagi har bir «Saxovat» uyi bo‘yicha vaziyatni muhokama qildi va vazirlar, hokimlar hisobotini tingladi.

«Bu soha e'tiborimizdan chetda qoldi, nuroniylarimizdan faqat bayramlarda xabar oladigan bo‘ldik. Respublikamizda 34ta shunday muassasa bo‘lsa, ayni shu pansionat namunali ekanini men yaxshi bilaman. Ammo viloyatlarda ahvol qanday, bunisi endi katta savol. Bosh vazirga alohida topshiriq berdim, alohida xodim ajratadi va u faqat shu soha bilan shug‘ullanib, muammolarni hal qiladi. Behzod Musayev bunday maskanlarda faoliyat yurituvchi tibbiy xodimlar maoshlarini ko‘rib chiqadi, ularga boshqalar bilan teng maosh berish adolatdan emas, chunki ishlari og‘ir. Bunday maskanlarda istiqomat qilayotgan insonlar ham umid bilan yashayapti, ularni ota-onamizdek ko‘rsak ishimizda baraka bo‘ladi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.



«Saxovat» uylaridagi tibbiy uskuna va jihozlarni yangilash, zamonaviy fizioterapiya bo‘limlari tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.











