4 mart kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasida içki işlar vazirining huquqbuzarliklar oldini olişga oid 2020 yilgi axboroti dastlabki tarzda muhokama qilindi. Unda iştirok etgan içki işlar vazirining örinbosari Aziz Ikromov propiska tizimi isloh qilinganidan keyingi raqamlarni ma'lum qildi.

Qabul qilingan ikkita qonun va bitta prezident farmoni bilan poytaxt mintaqasi – Toşkent şahar va Toşkent viloyatida köçmas mulk sotib olişda doimiy propiska talabining bekor qilinişi minglab fuqarolarning doimiy propiskaga ega bölişiga sabab bölgani aytib ötildi. Xususan, «Doimiy propiska qiliş hamda turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilingan sana – 2020 yil 22 apreldan keyin jami 102 ming 250 nafar, şundan Toşkent şahrida 84 ming 190 nafar va Toşkent viloyatida 18 ming 60 nafar fuqarolar doimiy röyxatga olingan.