Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakaşvilini şaharsozlik sohasidagi muammolarni hal qiliş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaşdagi lavozimidan böşatdi. Tegişli farmon Zelenskiyning rasmiy saytida e'lon qilingan.
Kengaşda Saakaşvili örnini Georgiy Tsxakay egallagan.
Gruziyaning uçinçi prezidenti bölgan Saakaşvili 2013 yilda öz vakolatlari tugagandan keyin Gruziyani tark etgan. 2015 yilda Ukrainaning öşandagi prezidenti Pyotr Poroşenko Saakaşviliga fuqarolik bergan va uni Odessa oblasti gubernatori etib tayinlagan. Biroq Gruziyaning sobiq prezidenti oblastning iqtisodiy körsatkiçlari yomonlaşgani sababli lavozimidan böşatilgan va Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan.
Zelenskiy esa 2019 yilda gruziyalik siyosatçiga Ukraina fuqaroligini qaytarişga qaror qilgan va 2020 yil aprelda unga boş vazir örinbosari lavozimini egallaşni taklif qilgan. Biroq Saakaşvili natijada Ukrainaning islohotlar milliy kengaşi ijroiya qömitasi rahbari lavozimini egallagan.












