Singapurning Kelley Aerospace aviatsiya kompaniyasi özining Arrow jangovar dronini taqdim qildi va 100dan ortiq buyurtmalar tuşganini tasdiqladi.

Fantast yozuvçilar başorat qilganidek pilotsiz jangovar dronlar borgan sari tezkorroq va kuçliroq bölib bormoqda. Ular bir-biri bilan jang qilişga örganib, eskiroq modellarni yöq qilyapti. Boşqaça aytganda, maşhur «Terminator» filmidagi töqima Skynet tobora reallaşib bormoqda.

2021 yilning boşida Singapurning Kelley Aerospace aviatsiya kompaniyasi dunyodagi ilk tovuşdan tez uçar pilotsiz apparatni namoyiş qildi – Arrow droni.

Köpmaqsadli jangovar pilotsiz Arrow 2,1 Max tezligiga erişişi (2570 km/s) va 16800 parvoz vazni bilan 4810 kilometrni bosib ötişi mumkin. Bir dona Arrow’ning bahosi komplektatsiyasiga qarab 9-16 million dollar orasida böladi. Arzonroq modellarga 100dan ortiq buyurtma olindi.

Prototipning ilk keng qamrovli sinovlari 2014 yildayoq ötkazilgan. Bugunga kelib, Singapurning Seletar aerokosmik parkida Arrow’ni tölaqonli işlab çiqarişga ötişga tayyorgarlik körişmoqda.

Bu apparat ertaga boşimiz uzra uçib ötadi, deb qörqişimiz kerakmi? Bunga hali erta, zavod yil oxirida işga tuşişi közda tutilgan, ungaça ikki prototip AQŞ va Şvetsiyada jangovar sinovlardan ötadi.

Arrow yengil uglerod tolalaridan yasalgan yaxlit korpusdan loyihalaştirilgani uning 2,1 Max tezlikka erişişiga yordam beradi va şuning bilan birga öta mustahkamlik va qattiqlikni ta'minlaydi.

Jangovar va razvedka parvozlarni Arrow’ning nafaqat özi amalga oşirişi, balki dronlar eskadrilyasi tarkibida ham qilişi mumkin. Zarurat tuğilganda operatorlar samolyot bortidan yoki yerusti nazorat stansiyalaridan apparatlarni boşqaruvga olişlari mumkin.

Ilmiy-texnik taraqqiyot davom etmoqda. Jangovar maşinalar buyurtmasidan yetarliça mablağ işlab olgan Kelley Aerospace yengil uglerod korpusi asosida tovuşdan tez uçar biznes jyetlarni işlab çiqarişni közlamoqda. Undan taşqari, Singapur kompaniyasi fazoviy apparatlar bozorida ham muhim öyinçi bölişni rejalaştirmoqda.

Tovuşdan tez uçiş poygasida bir neça aviatsiya kompaniyalari marra çiziğini birgalikda kesib ötiş arafasida va bir neça yil içida tovuşdan tez uçar samolyot taqdim etişni va'da qilmoqdalar. AQŞning Aerion kompaniyasi esa, Floridada yirik ştab-kvartira qurişni boşlab yubordi va AS2 tovuşdan tez uçar yölovçi samolyotini işlab çiqarişga tayyor.