Covid-19’ga qarşi kimlarga emlaniş tavsiya etilmaydi? Emlangandan keyingi asoratlar bölişi mumkinmi? Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekov SSV matbuot xizmatining şu kabi muhim savollariga javob berdi.

— Kimlarga emlaniş tavsiya etilmaydi?

Emlaş tadbirlarini amalga oşiriş paytida uşbu vaksinani işlab çiqargan taşkilotning tavsiyalariga amal qilinadi. OIV infeksiyasiga yoki autoimmun kasalliklariga çalingan şaxslarni, şu jumladan, anamnezda oğir allergik reaksiyalari mavjud bölgan şaxslarni, homiladorlarni, emizikli ayollarni va 18 yoşgaça bölgan aholi qatlamini emlaş tavsiya etilmaydi.

Har qanday holatda ham emlaş töğrisidagi qaror tibbiy körik natijasida qabul qilinadi. 

Mabodo emlaşga monelik qiladigan u yoki bu turdagi holatlar kuzatilsa, tibbiy körik ötkazayotgan şifokor, albatta, unga e'tibor qaratadi.

— Koronavirus bilan kasallangan şaxslar bilan yaqin aloqada bölganlarni emlaş mumkinmi? Buni qayerda va qanday amalga oşiriş mumkin?

— Koronavirus bilan kasallangan odamlar bilan yaqin aloqada bölgan şaxslar karantin (14 kun) tugaganidan keyin, şifokor körigidan söng emlanadi.

— Emlangandan keyingi asoratlarning oldini oliş borasida qanday işlar qilinyapti?

— Koronavirusga qarşi emlangan şaxslar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan emlangandan söng 30 daqiqa davomida kuzatib turiladi. Keyinçalik uç kun davomida uyiga taşrif buyuriş yöli bilan muntazam tibbiy kuzatuvga olinadi. Ularning soğliği, ahvoli közdan keçirilib, tegişli hujjat bilan rasmiylaştiriladi.

Barça emlaş maskanlarida mutaxassislar (vaksinatorlar), asbob-anjomlar va birinçi tibbiy yordam uçun zarur bölgan dori-darmonlar zaxirasi yaratiladi. Emlaş mutaxassislari emlaşdan keyingi salbiy reaksiyalarni aniqlaş va lozim bölgan taqdirda tegişli tibbiy yordam körsatiş böyiça tayyorgarlikdan ötkazilgan. Covid-19’ga qarşi emlaniş bilan boğliq allergik reaksiya kuzatilgan hollarda tez tibbiy yordam brigadalari ham jalb etiladi. 

Yana bir bor ta'kidlab ötamiz, fuqarolar emlanişdan oldin, albatta, tibbiy tekşiruvdan ötkaziladi. Bu kutilmagan asoratlarning oldini olişga zamin yaratadi.