Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko OAVda uning şaxsiy saroyi borligi töğrisida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Minskdagi “Motovelo” zavodiga taşrifi çoğida jurnalistlardan biri unga muxolifat vakillari Lukaşenkoning saroyi haqida “feyk film” suratga olişayotgani töğrisida aytdi.
Lukaşenkoning sözlariga köra, bu mavzu "Putinning saroyi"ga öxşaş tarzda tanlangan. U agarda kimdir saroyni topadigan bölsa, ommaviy axborot vositalari xodimlarini şaxsan öşa yerga taklif qiliş va ommaga körsatişga va'da berdi.
"Bir narsani tuşunişingizni istardim: çorak asrdan beri prezident bölib işlayapman va agarda qayerdadir qandaydir milliardlar yoki ular aytgandek saroylar bölganida meni allaqaçon çapga-öngga soçib taşlaşardi. Şuning uçun kimdir Lukaşenkoning saroyini topsa, darhol öşa yerga boringlar", - dedi u.
Belarus prezidenti "davlatdan heç narsa öğirlamagani, heç narsa olmaganini aytdi".
"Şu bois sizlarga "saroyim" borligini aytmoqçiman. Menimça, onam bilan voyaga yetganim 7x8 metrli uy. Ana şu mening saroyim. Qolgan hamma narsa davlatga tegişli", - dedi Lukaşenko.
U hukumat muxoliflari mamlakatni sindiriş uçun barça narsaga qöl urayotganini ta'kidladi.
"Hammasi mamlakatni sindiriş uçun qilinyapti. Ukraina quladi. Barça possovet mamlakatlari perimetr böyiça parçalandi, Belarus esa turibdi. Nokamtarligim uçun keçiring, Lukaşenko xalaqit berayotgani uçun turibdi", - dedi Belarus prezidenti.












