Özbekiston regbi federatsiyasi «Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi» AJ hamkorligida 2021 yil 6-7 mart kunlari Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bağişlangan U-18 regbi musobaqasi taşkil etildi.

Turnir Osiyoda regbi böyiça ötkaziladigan çempionat va olimpiya öyinlari kabi nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik köriş doirasida taşkillaştirildi.

Uşbu musobaqada Özbekistonning barça viloyatlaridan 18 yoşgaça bölgan qizlardan taşkil topgan jamoalar iştirok etişdi. Bu esa öz navbatida regbi mamlakatimizda qaytmas sur'atlar bilan rivojlanayotganligi va unga bölgan qiziqiş tobora ortib borayotganining yana bir isbotidir.

Bayram musobaqasi kötarinki ruhda va döstona raqobatda ötkazildi. Mamlakatimizning turli viloyatlaridan taşrif buyurgan köplab işqiboz va muxlislar özlarining sevimli jamoasini qöllab-quvvatlaş uçun mehmon sifatida qatnaşdilar.

Qizğin bahslarga boy bölgan bellaşuvlarda har bir jamoa vakillari özaro kuç sinaşda kuçli jismoniy, aqliy qobiliyatlari va irodaviy xislatlarini namoyiş etişga muvaffaq böldilar.