Özbekistonda ham joriy yil koronavirus infeksiyasiga qarşi aholini ommaviy emlaş jarayoni ötkazilişi rejalaştirilmoqda. Vaksinalar pandemiyani töxtatişga qodirmi? U özi nima uçun kerak? Covid-19’ga qarşi vaksina xavfsizmi? Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekov SSV matbuot xizmatining şu kabi muhim savollariga javob berdi.

— Olimlarning ta'kidlaşiça, kasallik yuqişining epidemik jarayon zanjirini uziş uçun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud bölişi kerak. Buning qançalik tez sodir bölişi köpgina omillarga boğliq. Xususan, vaksinalarning samaradorligi qançalik tez isbotlanişi, JSST tomonidan tasdiqlanişi, işlab çiqarilişi va yetkazib berilişi hamda emlanuvçi aholi qatlamining şakllantirilişi kabilarga ham. 

— Covid-19’ga qarşi vaksinatsiya özi nima uçun kerak?

— Koronavirusga qarşi emlaş pandemiyani jilovlaşga yordam beradi. Vaksinalar immunitet tizimingizni mustahkamlab, cizga yuqişi mumkin bölgan viruslarga qarşi kuraşişda iştirok etadi. Biz emlaş orqali nafaqat özimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.

Covid-19’ni keltirib çiqaradigan virus juda oson yuqadi. Fikrimizça, aholining 60-70 foizida uşbu kasallikka qarşi immunitetni şakllantirmay turib, unga qarşi samarali kuraşa olmaymiz. Şu örinda dunyo böyiça kasallanganlarning 3-5 foizi vafot etganini, ular orasida yaqinlarimiz ham bölişi ehtimoli mavjudligini esimizdan çiqarmasligimiz lozim.

Niqob taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş, antiseptik vositalardan foydalaniş va jamoat joylariga borişdan özini tiyiş kabilar virus yuqişi yoki uni boşqalarga yuqtiriş ehtimolini kamaytirişda samarali amal sifatida hisoblanişiga qaramasdan, bu çoralar pandemiyani jilovlaş uçun yetarli emas.

— Covid-19’ga qarşi vaksina xavfsizmi?

— Özbekiston Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarşi emlaş uçun işlatişga tavsiya etilgan vaksinalardan foydalanadi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusga qarşi ilk vaksina sifatida Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqarilgan vaksina 1 mart kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Özbekistonning hissasi va sa'y-harakatlarini inobatga olib, kompaniya ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Uşbu yangi vaksinani