Rossiyaning töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi (RFPI) va Şveytsariyaning Adienne Pharma&Biotech kompaniyasi «Sputnik V» vaksinasini Italiyada işlab çiqarişga kelişib olişdi. Bu haqda jamğarma raisi Kirill Dmitriyev Italiyaning Rai 3 kanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Biz Italiya hukumati bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. «Sputnik V»ga xayrixoh bölgan va uni işlab çiqarişni istagan hududlar köp. Biz preparatni Şveytsariyaning Adienne Pharma&Biotech kompaniyasi bilan birga Italiyada işlab çiqarişda hamkorlik qilmoqçimiz», degan u.

Dmitriyev işlab çiqariş mexanizmi Italiyada yangi iş örinlari yaratiş va mahsulotni nazorat qiliş imkonini berişi mumkinligini qistirib ötgan.

«Sputnik V» vaksinasi işlab çiqarilişi Italiyada iyun oyida boşlanişi va yil oxirigaça işlab çiqarilgan vaksinalar adadi 700 million dozaga yetişi mumkin.

Jamğarma raisining sözlariga köra, mart oxiriga qadar RFPI 10 mamlakatda 20 loyiha haqida e'lon qiladi. Xususan, ayni damda Germaniya va Fransiyada ham işlab çiqariş imkoniyatlari muhokama qilinyapti.