“Interfaks” muxbirining xabar berişiça, namoyişçilar parlamentga Demirçyan köçasi tomonidan kiriş oldida ikkita çodir örnatişgan. Bu yerdan parlamentga odatda parlament spikeri, parlament rahbariyati, boş vazir avtomobillari kirib çiqadi.

Voqea joyida bölgan bir neça yuz politsiyaçi va maxsus xodimlar bunga qarşi heç qanday faol harakatlarni amalga oşirmayapti.

Ta'kidlanişiça, parlamentga Bagramyan köçasi orqali kiriş va çiqiş joylari 25 fevraldan namoyişçilar tomonidan tösib qöyilgan. Şu tariqa, parlamentga barça kiriş-çiqiş joylari töliq tösilgan.

Avvalroq muxolifat namoyişida Vazgen Manukyan “parlament deputatlar xalq talabini (muxolifatning boş vazir Nikol Paşinyanning iste'foga çiqişi talabi) qabul qiliş uçun kelsagina, işlaşini” aytgan.