Taniqli belarus blogeri Sergey Tixanovskiyga ayblov e'lon qilindi. Belarus tergov qömitasining 11 mart kuni bergan bayonotiga köra, Tixanovskiy Jinoyat kodeksining 4 moddasi böyiça ayblanmoqda – ommaviy tartibsizliklar uyuştiriş, milliy nizo qözğaş, Markaziy saylov komissiyasi faoliyatiga tösqinlik qiliş va jamoat tartibini qöpol ravişda buziş. Unga 15 yillik qamoq jazosi berişlari mumkin.

Tergov qömitasining Tixanovskiy, röyxatdan ötkazilmagan sotsial-demokratik partiya yetakçisi Nikolay Statkeviç va unga yaqin şaxslarga qarşi olib borgan işi öz nihoyasiga yetgan. Tergov ma'lumotlariga köra, ular «uzoq muddat davomida ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik köriş va taşkillaştiriş bilan maşğul bölişgan».

Tixanovskiy nimada ayblanmoqda?

Bloger, xususan, göyoki «YouTube vaTelegram kanallari orqali davlat xizmatçilari va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga qarşi kuç işlatişga oçiqça da'vat qilgan» va «alomatlariga köra jamiyatda ijtimoiy nizo va adovat qözğagan». Tergov xulosasiga köra, bu işlar «jamoat ongini manipulyatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi ekstremistlar» bilan boğliq.

Tixanovskiy, şuningdek, 2020 yil may oyida MSK faoliyatiga uning raisi Lidiya Yermoşinaga «tahdid qiliş orqali tösqinlik qiliş»da ham ayblanmoqda. Tergov qömitasi talqiniga köra, ayblanuvçilar may oyida Grodno şahrida «piket qiliş bahonasida qöpol ravişda jamoat tartibi buzilişiga sabab bölgan imzo töplaş böyiça noqonuniy ommaviy tadbir uyuştirişgan». Ayblanuvçilarning mulki va pul mablağlariga taqiq qöyilgan, ular keltirgan zarar 3,5 million rubldan ortiqroqqa baholanyapti.

Tixanovskiy va Statkeviç siyosiy mahbuslar deb tan olindi

Tixanovskiy 2020 yilning 9 avgustida bölib ötgan Belarus prezidentligi uçun saylovlarda nomzod sifatida qatnaşmoqçi edi. Biroq Markaziy saylov komissiyasi ma'muriy hibsni ötagan degan sababni körsatib, uning nomzodini röyxatdan ötkazmadi. Blogerning örniga taşabbuskorlar guruhi nomidan uning turmuş örtoği Svetlana Tixanovskayaning nomzodi röyxatga olindi. Sergey Tixanovskiyni 29 may kuni rafiqasining nomzodini qöllab-quvvatlaş uçun Grodno şahrida uyuştirilgan piket vaqtida qölga olişdi.

Statkeviç prezidentlikka 2010 yilda ham da'vogarlik qilgan va 2020 yildagi saylovga «protest nomzod» sifatida bormoqçi edi, biroq MSK uning sudlanganlik muddati hali nihoyasiga yetmagani bois, nomzodini rad etdi.

Belaruslik huquqni himoya qiluvçilar Tixanovskiy, Statkeviç va boşqa qölga olingan faollarni siyosiy mahbuslar deb e'lon qilişdi. 2020 yil avgustida Aleksandr Lukaşenko navbatdagi saylovlarda ham ğalaba qozongani e'lon qilingaç, mamlakatda norozilik namoyişlari avj oldi va bunday namoyişlar şafqatsizlik bilan bostirildi. Saylovçilar hukumatni saylov natijalarini qalbakilaştirişda ayblab, yangi va halol saylov ötkazişni talab qilişmoqda.