Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi ijroçi direktori, taşkilotning boş yuristi Inomjon Toğayev «Amerika Ovozi»ga bergan intervyusida elektron hisoblagiçlardagi kamçiliklar va noreal qarzdorlik haqida gapirdi.
«Aholining eng katta e'tirozi (ayniqsa Toşkent şahrida) onlayn işlaydigan elektron hisoblagiçlarga ötilganida. Lekin onlayn uning nomida xolos. Çunki qarzdorlik bölsa, hisoblagiç öçiriladi. Yoqiş uçun pul tölansa, yonmaydi. Bunda inson faktori bor.
[…] Dastur mexanizmi notöğri qilingan. Kimdir rahbar bölib kelgan, öşa programmani katta pulga sotib olgan. Ikkinçi rahbar kelib, boşqa bir dastur örnatilgan.
Bugungi kunda Toşkent şahrining özida hisoblagiçlar 3 ta dastur bilan işlaydi. Uni birlaştiriş kerak. Muammo şunda! Aholi şundan norozi. «Nimaga men pul tölamasam, sen elektrni öçirar ekansan-u, pul tölasam, yoqmas ekansan» deyişadi. Bu asabbuzarlik. Töğrisini aytsam, şu masalani hazm qila olmayman», – deydi Toğayev.
Federatsiya rasmiysi noreal qarzdorliklar haqida ham töxtaldi.
«Noreal qarzdorliklar bölgan. Deylik, tumanning gaz ta'minotidan qarzdorligi bor. Qarzdorlikni yopiş uçun nima qilgan, bilasizmi? Aholiga kelib, sizning 1 million söm qarzingiz bor ekan deb, aslida yöq qarzdorlikni bor qilib körsatişgan. Odamlarni qarzdor sifatida röyxatga kiritib qöyavergan. Aholi tuşunmasdan tölab yuborgan.
Bilsa hazil, bilmasa çin prinsipida işlangan. Juda köp bölgan bunday voqealar. Öğriliklar, ulab berişlar. Bu narsa jamiyatni yemiradi», – deydi u.
Inomjon Toğayev gaz va elektr energiyasidagi uzilişlar haqida ham fikr bildirdi.
«Elektr energiyasi yetişmovçiligida bir neça muammolar bor. Birinçidan, liniya va texnikalar eskirgan, infratuzilma yomon.
Ikkinçidan, joylarda qarzdorliklar soni ortib ketgan. Elektr energiya işlab çiqariş ham mablağ talab qiladi, albatta.
Uçinçidan, yetkazib beriş va uni işlab çiqarişda juda katta muammolar bor.
Keyingisi – korrupsiya. Hatto iste'molçilarni elektron hisoblagiçlar bilan ta'minlaşda ham korrupsion holatlar böladi.
Yana bir muammo – manfaatlar töqnaşuvi. Masalan, öziga yoqqan tanişini talabga javob bersa-bermasa işga oliş holatlari. Bu zararga işlagan.











